15 may 09:34
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/218712_220.jpg)
Sobiq referining fikricha, Oliveyra Maxachevni mag'lub etadi
MMA sobiq referisi, Bellator sharhlovchisi Jon Makkarti CHarlz Oliveyra Islam Maxachevni mag'lub etishini aytdi.
"Agar bu hozir bo'lganida Oliveyra yutardi, deb o'ylayman. Hozirgi Oliveyra va 2019 yil Kevin Li bilan jang qilgan Oliveyraning o'rtasida katta farq bor. Hatto hozirgi CHarlz bilan Getjini mag'lub etgan CHarlzning o'rtasida ham farq bor. Farq ishonchda. Oliveyra o'ziga, qolaversa qobiliyatiga ishonadi. U Getji bilan jangda "stoyka"da harakatlanishga qaror qildi va Jastin boshi bilan tushganida, CHarlz uning zaif nuqtasini topa oldi", - deya Makkartining so'zlarini keltiradi Sportskeeda.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar