19 sen 10:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq UFC chempioni BKFC bilan shartnoma imzoladi
Og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni hamda Bellator jangchisi Frenk Mir Bare Knuckle Fighting Championship promousheni bilan shartnoma imzoladi.
Ushbu promoushen qo'lqopsiz janglarni tashkil qiladi. Janglar 2 daqiqadan 3 yoki 5 raunddan iborat bo'ladi. Jangchilarga faqat musht bilan zarba berishga ruxsat etilgan.
Malumot uchun, Mir o'zining so'nggi jangini o'tgan yilning oktyabr oyida Bellator 231 turniri doirasida o'tkazgan va o'shanda amerikalik Roy Nelsonni mag'lubiyatga uchratgan edi. Frenk Mir o'tgan yili Toshkentda o'tkazilgan GFC 20 turniriga faxriy mehmon sifatida kelgandi. Uning MMAdagi natijalari - 32 jang, 19 g'alaba, 13 mag'lubiyat.
Havola :
Fikrlar