22 sen 13:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq UFC chempioni Dena Uaytga javob qaytardi
Sobiq UFC chempioni Tayron Vudli hali faoliyatini yakunlamasligini elon qildi.
"Hali faoliyatimni yakunlamayman va kurashishda davom etaman. Murabbiylarimni ham o'zgartirmayman. G'alaba qozonish uchun barcha ishni qildim, lekin bo'lar ish bo'ldi. Endi nima qilish kerakligini aniqlab, olg'a yurishimiz lozim", - dedi Vudli.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Dena Uayt Vudlini faoliyatini yakunlashga chaqirgandi. Tayron Vudli so'nggi uchta jangining barchasida imkoniyatni boy berib qo'ygan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar