26 avg 09:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq UFC chempioni Fyodor Emelyanenko ustidan kuldi
Og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Fabriciu Verdum MMA afsonasi Fyodor Emelyanenkoni mazax qildi.
“MMA olamida juda ko'plab bolalarim bor - Uolt Xarris, Aleksander Gustafsson, Keyn Velaskes. Makr Xant esa kichkintoyim, shuningdek, Fyodor Emelyanenko ham bir umr meni bolam bo'lib qoladi. Revansh bo'ladigan bo'lsa, uni nokaut qilaman. Unutmang, uni faoliyatining cho'qqisida mag'lub etgan jangchi bo'lib tarixga kirganman”, - dedi Verdum.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar