25 mar 11:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq UFC chempioni Keyn Velaskes besh yilga ozodlikdan mahrum etildi
Og'ir vazn toifasida 42 yoshli sobiq UFC chempioni, amerikalik Keyn Velaskes Santa-Klara okrug sudi tomonidan 2022 yilda sodir etgan qotillikka urinish va noqonuniy o'qotar qurol bilan hujum qilish aybi bilan besh yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Aslida, ayblovlar elon qilingan paytda qoralovchilar Velaskesga 30 yildan umrbod qamoq jazosigacha berilishi kerakligini talab qilishgandi. Himoya tomoni esa shartli hukm yoki shartli jazo so'ragandi.
Eslatib o'tamiz, 2022 yilning fevral oyida Velaskes voyaga etmagan qizini zo'rlashda ayblangan erkakning mashinasiga bir necha marta o'q uzgan va huquqbuzarning o'gay otasini yaralagani uchun hibsga olingan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar