22 okt 12:48
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/47251_220.jpg)
Sobiq UFC chempioni Makgregorni oktagonga chorladi
Aralash qoidalar bo'yicha ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregorni jangga chorlashyapti.
Engil vaznda sobiq UFC chempioni Anderson Silva irlandiyalik Konor Makgregorga qarshi jang o'tkazish istagida ekanligini malum qildi.
“Menimcha, UFC prezidenti Dana Uayt bu jang haqida o'ylab ko'rishi kerak. Konor ikkimiz UFCda katta obro'ga ega jangchilarmiz. Ikki afsona desa ham bo'ladi. Vazn tafovuti? O'ylashimcha, 81,6 kg vazn toifasi ikkimizga ham to'g'ri keladi. Bu jangda menga gonorarning farqi yo'q”, - dedi 43 yoshli sobiq chempion.
Malumot uchun, Anderson Silva so'nggi bor 2017 yilning fevral oyida oktagonga chiqqan edi. O'shanda u Derek Bransonni mag'lubiyatga uchratgandi.
Havola :
Fikrlar