06 noy 10:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq UFC chempioni: Xabib aybdor emas, u jazolanmasligi kerak
Aralash qoidalar bo'yicha yarim engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Joze Aldo rossiyalik jahon chempioni Xabib Nurmagomedovni aybsiz deb hisoblamoqda.
O'z vaqtida Konor Makgregorga qarshi oktagonga chiqqan Aldo Nurmagomedov jazolanmasligi kerak, degan fikrda.
“Men Xabibning o'sha paytdagi holatini tushunaman. Bu uning aybi emas. Uni o'sha paytdagi xatti-harakati uchun jazolamaslik kerak. CHunki UFCning o'zi vaziyat shunday darajaga etib borishi uchun zamin yaratib berdi. Makgregor Xabib ustidan istaganicha kuldi, uni va oila azolari haqorat qildi. Lekin UFC buni etiborsiz qoldirdi. SHunday ekan, Nurmagomedov aybdor emas va uning jazolanishi adolatsizlik bo'lardi”, - dedi Aldo ESPN kanaliga bergan intervyusida.
Havola :
Fikrlar