30 okt 19:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq UFC chempioni: Xabibga qarshi jang qilishni istamagan bo'lardim
O'rta vazn toifasida sobiq UFC kamari sohibi Robert Uittaker engil vazn chempioni Xabib Nurmagomedovga qarshi jang qilishni istamasligini aytdi.
“U monster. SHunday emasmi? Xabib engil vaznning eng kuchli jangchilaridan biri Getjiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. U mukammal! Ochig'ini aytaman, unga qarshi jang qilishni istamagan bo'lardim. Xabib har bir jangida hech qanday qiyinchiliksiz g'alabalarga erishmoqda”, - dedi Uittaker.
Eslatib o'tamiz, Xabib UFC 254 kechasida Jastin Getjini ikkinchi raundda mag'lub etishni uddalagandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar