17 apr 07:52
Yangiliklar
Boks/MMA
Sobiq UFC hakami Sterlingning haqoratli gaplariga "otvet" qildi
Sobiq UFC hakami Jon Makkarti Aljemeyn Sterlingning so'zlariga munosabat bildirdi.
Avvalroq, sobiq referi Aljemeyn va Petr Yan jangidagi hakamlar qaroriga qo'shilmasligini aytgandi, shundan so'ng amerikalik jangchi Makkartini qo'pol so'zlari bilan "siylagandi".
"Yaxshi, mening gaplarimdan tashvishlanishing hurmatga sazovor. Hakamlar birinchi raundda qabul qilgan qarorga qo'shilmasligim sening hayotingga hech qanday tasir o'tkazmasligi kerak.
Ajoyib jang o'tkazganingni aytgan edim, haqiqatan ham shunday. Haqorat? Jiddiy aytyapsanmi? CHempionlar bundan yuqorida", - deb yozgan sobiq referi ijtimoiy tarmoqlarda.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar