17 may 14:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq UFC jangchilarining boks bahsida Darren Till g'alaba qozondi
Kecha oqshom Derbi (Buyuk Britaniya) shahrida professional boks turniri o'tkazildi.
Misfits promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan turnirda yarimog'ir vazn toifasida UFC chempionlik kamari uchun sobiq davogar Darren Till o'zining professional boksdagi ikkinchi jangida ringga ko'tarildi.
Britaniyalik sportchiga sakkiz raundlik jangda hamyurti, sobiq UFC jangchisi Darren Styuart raqiblik qildi. Jang davomida Till vatandoshini nokdaun holatiga tushirib qo'ydi. To'liq sakkiz raund davom etgan bahsda Darren Till hakamlarning yakdil qarori bilan - 77-74, 77-73, 77-74 hisobida g'alaba qozondi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar