12 sen 16:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq UFC jangchisi 34 yoshida vafot etdi
Kanadalik Elias Teodoru 34 yoshida vafot etdi.
Bu haqda Twitter'dagi ishonchli manbalar xabar bermoqda. Unga ko'ra, Elias Teodoru saraton kasaliga uchragan va buni ommadan yashirib kelgan.
Elias UFC doirasida 11 ta jang o'tkazib, ularning 8 tasida g'alaba qozongan, uch bor mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. UFC'dagi so'nggi jangini 2019 yilda Derek Bransonga qarshi o'tkazib, mag'lub bo'lgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar