06 noy 08:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq UFC jangchisi Anderson Bellator`da debyut qildi
AQSHning Konnektikut shtati Ankasvill shahrida aralash yakkakurash qoidalari bo'yicha Bellator 251 turniri bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangida Niderlandiya vakili Melvin Manxuf hamda amerikalik Kori Anderson o'zaro to'qnash kelishdi. Bu sobiq UFC jangchisi hisoblangan Kori uchun Bellator promoushenidagi debyut jang edi.
Besh raundga mo'ljallangan markaziy jang muddatidan avval yakunlandi. Anderson ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga raqibini mag'lubiyatga uchratdi. Kori Anderson UFC`da Fabio Maldonado, Glover Teysheyra, Maurisio Rua singari tajribali jangchilarga qarshi oktagonga ko'tarilgani bilan esda qolgan. Ulardan Fabio va Gloverni mag'lub etgan. Anderson hisobida 13 ta g'alaba va 5 mag'lubiyat bor. Melvin Maxnufning ko'rsatkichi esa 32 g'alaba (29 nokaut) hamda 15 mag'lubiyatdan iborat.
Havola :
Manba : usatoday.com
Fikrlar