21 may 18:13
Yangiliklar
Boks/MMA
Sobiq UFC jangchisi avtohalokat oqibatida vafot etdi
Amerikalik aralash yakkakurash ustasi Jin Errera 34 yoshga to'lishiga sanoqli kunlar qolganida yo'l transport hodisasi tufayli olamdan ko'z yumdi.
Xodisa yakshanba oqshomida Tampa shahridagi (Florida, AQSH) Gandi ko'prigida yuz bergan. Florida yo'l harakati va transport xavfsizligi bo'limi malumotiga ko'ra, motociklni boshqarayotgan Errera juda yuqori tezlikda boshqa mashinaga borib urilgan.
Mahalliy OAV malumotlariga ko'ra, Errera shundan so'ng beton panjaraga to'qnashgan va o'nlab metrga uchib ketgan. Motocikl esa yonib ketgan. Jin voqea joyida vafot etgani malum qilingan.
Malumot uchun, Jin Errera Kaliforniyada tug'ilgan, professional faoliyatini 2011 yilda boshlagan. U UFC'da to'rtta jang o'tkazgan. Faoliyati davomida MMAda 10 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat qayd etgan.
Havola :
Manba : МатчТВ
Fikrlar