25 mar 15:18
Yangiliklar

Sobiq UFC jangchisi Saidyoqub Qahramonov ikki yillik tanaffusdan keyin yana MMAga qaytmoqda. Uning raqibi, jang sanasi va manzili malum!
29 yoshli hamyurtimiz 29 mart tongida AQSHning Ayova shtati, Ayova shahrida tashkil etiladigan MMA bo'yicha XFC 52 turnirida oktagonga ko'tariladi. Qahramonovga o'sha kuni braziliyalik Bruno Santos raqib bo'ladi.
Qizig'i, Santos o'rta vaznli sportchi hisoblanadi, Saidyoqub esa o'z janglarini eng engil vazn toifasida o'tkazib keladi. Mazkur bellashuv aynan o'rta vazn toifasida tashkil etiladi.
Malumot o'rnida, samarqandlik Saidyoqub Qahramonov 2021-2022 yillar davomida UFC'da 3 ta jang o'tkazib, 2 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etgan. Uning hisobida jami 11 g'alaba va 3 ta mag'lubiyat bor. Hamyurtimiz MMA qoidalari bo'yicha so'nggi jangini 2023 yilning may oyida Rafael Kostaga qarshi o'tkazib, g'olib bo'lgandi.
Bruno Santos esa faoliyati davomida hozirgacha 24 ta jang o'tkazib, 19 ta g'alaba va 5 ta mag'lubiyatni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
Fikrlar