So’nggi yangiliklar

15:23U-15 Жаҳон Кубоги ва фестивали. Ўзбекистон Ганага мағлуб бўлди 0 13:54Дакар-2026: Ўзбекистон сузиш баҳсларида икки спортчи билан қатнашади 0 12:47Бугун UFC 333 турнири ўтказилади: Темиров – Кавана, Ян – Двалишвили ва бошқа жанглар 0 10:03Бугун Тожикистонда ёшлар ўртасида Dushanbe Grand Prix Juniors 2026 турнири старт олади 0 09:26Царукян ва Чимаев жанг қилган RAF 14 турнирининг барча натижалари 0 19:20Бенавидес ва Чесляк ўртасидаги бирлаштирувчи жанги расман эълон қилинди 0 18:45"Ризеспор" бош мураббийи Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 18:07Чимаев вакант UFC камари жанг қилишга тайёр 0 17:29Ненад Лалович UWW президенти лавозимига қайта сайланди. У сайловда ягона номзод эди 0 16:50Хайме Мунгия Бектемир Мелиқўзиев билан келаси йил жанг қилмоқчи 0 16:16Абдуқодир Ҳусанов УЕФА Чемпионлар лигасидаги энг тезкор марказий ҳимоячи деб топилди 0 15:41Жастин Гэтжи Трамп билан пулга гольф ўйнамоқчи 0 14:51Жаҳонгир Зокировнинг Zuffa Boxing’даги навбатдаги рақиби маълум бўлди 0 13:58Чарльз Жонсон Рамазон Темировнинг нокаут бўлишини исташини айтди 0 13:17"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун асосий номзод номи маълум — talkSPORT 0

26 jan 10:11
Yangiliklar

Boks/MMA

Socializmga qarshi jangchilar. “UFC'da Donald Trampning ikki muxlisi jang qiladi - Masvidal - Kovington

Kovington va Masvidal o'rtasidagi adovat.

Yanvar oyi o'zining yangiliklari bilan hammani hayratlantirishda davom etmoqda. Og'ir va engil vazn yulduzlari allaqachon o'z raqiblari bilan kelishuvga erishdi. Endi navbat yarim o'rta vazn egalariga. Kolbi Kovington va Xorxe Masvidal 5 mart Las Vegasda bo'lib o'tadigan UFC 272 turnirida o'zaro jang qiladi. 33 yoshli Kolbi va 37 yoshli Xorxe o'rtasida adovat xech kimga sir emas. Jang uchun bundan boshqa yana qanday qiziqarli bog'liqlik bo'lishi mumkin? Ikki amerikalik jangchi uch marotaba jang qilishga urinishgan, ammo barcha janglar bekor qilingan. Umid qilamizki, to'rtinchi urinishda jangchilar, albatta, oktagonga ko'tarilishadi.


Xorxe va Kolbi shafqatsiz ko'rinishsada, to'g'ri manoda AQSH sobiq prezidentining qo'llarini o'pishga tayyor

Bir necha yil oldin Kolbi va Xorxe "American TopTeam" jamoasida birga shug'ullanishardi va mashg'ulotda bo'lganidek hayotda ham yaqin do'st edilar. Lekin keyinchalik ularning orasidan "qora mushuk" o'tadi. O'sha vaqtdan so'ng eski do'stlar doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqda xam o'zaro jang qilib kelishadi.

Lekin bugungi kungacha ularni nimadir birlashtirib turmoqda. Ularning ikkisi ham AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp bilan yaqin munosabatda. Masvidal va Kovington so'nggi saylovda, hatto keksa siyosatchining shtab-kvartirasida bo'lib, "Socializmga qarshi jangchilar" maxsus dasturida qatnashgan.


Kim kuchliroq? 

Albatta, bu savolga javob berish qiyin. Ikkala jangchi ham so'ngi bor Kamaru Usman bilan to'qnash kelgan va chempionga mag'lub bo'lishgan.

Masvidalning ustun tarafi "stoyka"da, ammo u kurashda zaif. Kovingtonda aksincha, uning Usman bilan kechgan jangi shuni ko'rsatdiki, Kolbi "stoyka"da ham ancha jiddiy raqib. SHuning uchun ko'rsatkichlar borasida Kovington biroz ustundek ko'rinmoqda. Nima bo'lganda ham, bizni 5 mart Las Vegasda shaxsiy adovatga ega jangchilar to'qnashuvi kutmoqda.


Kamron Hasanov tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

   
26 jan 14:03:21
Mironsho_Jabborov
Covington ursa kerak, Masvidalni kotarb turgan narsa uni piari
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing