19 okt 11:58
Yangiliklar
Sofiya Gran-prisi. Bugun SHokin, Tursunqulova va Osipova dayanga chiqadi
Ushbu nufuzli musobaqada o'zbekistonlik olti nafar taekvondochi ishtirok etishidan xabaringiz bor. Kecha Gran-prining ilk kunida hamyurtimiz CHaros Qayumova ishtirok etgandi. Bugun esa bir yo'la uch nafar taekvondochimiz bahslarni boshlaydi.
Quraga ko'ra CHiba Gran-prisi bronza medali sohibasi Nigora Tursunqulova 1/16 greciyalik Atanasiya Mitsopuluga qarshi dayanga chiqadi. Ushbu jangda g'olib chiqqan taekvondochi nimchorak finalda Mateya Yelich (Xorvatiya) - Indra Kraen (Belgiya) uchrashuvi g'olibasi bilan to'qnash keladi.
Operaciyadan so'ng tiklanib safga qaytgan Dmitriy SHokin esa Gran-prini xitoylik Sun Xongyiga qarshi bahs bilan boshlaydi. Bu jang g'olibi 1/8 finalda Ivan Konrad Traykovich (Sloveniya) - Mixaylo SHelest (Ukraina) bahsi g'olibiga qarshi dayanga chiqadi.
CHiba Gran-prisida bronza medal olgan yana bir taekvondochi Svetlana Osipova Sofiyadagi musobaqani avstriyalik Marine Yaxlga qarshi bahs bilan boshlaydi. Bu jangda g'olib chiqqan sportchi 1-raqamda saralangan britaniyalik Byanka Uolkden bilan to'qnash keladi.
Eslatib o'tamiz, Sofiyadagi Gran-prining so'ngi uchinchi kunida Nikita Rafalovich va Madinabonu Mannopova dayanga chiqishadi.
Fikrlar