19 okt 12:05
Yangiliklar
Taekvondo
Sofiya Gran-prisi. Tursunqulova musobaqani g'alaba bilan boshladi
Bolgariyada taekvondo bo'yicha Sofiya-2019 gran-prisining ikkinchi kungi bahslari bo'lib o'tmoqda.
Ushbu nufuzli musobaqada o'zbekistonlik olti nafar taekvondochi ishtirok etishidan xabaringiz bor. Bugun Nigora Tursunqulova, Dmitriy SHokin va Svetlana Osipova janglarda qatnashishadi.
Bundan biroz avval CHiba Gran-prisi bronza medali sohibasi Nigora Tursunqulova 1/16 greciyalik Atanasiya Mitsopuluga qarshi dayanga chiqdi. Hamyurtimizning katta ustunligi ostida o'tgan bahsda 14:9 hisobi qayd etildi va Tursunqulova nimchorak finalga chiqdi. Ushbu bosqichda Nigora xorvatiyalik Mateya Yelich bilan jang qiladi.
O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Fikrlar