So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

15 iyu 15:40
Yangiliklar

Tadbirlar

"Sog'lom hayot uchun 5 ming qadam" – marafon Namanganda davom etmoqda

Teglar :  MarafonNamangan
Namangan viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, CHortoq tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi tashabbusi bilan nuroniylar ishtirokida Salomatlik uchun 5 ming qadam, Sog'lom hayot uchun 5 ming qadam shiorlari ostida piyoda yurish marafoni o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining 2020 yil 1 iyundagi «O'zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo'yicha respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko'ra hududlarda sport mashg'ulotlarini tashkil etish to'g'risida»gi 645-sonli buyrug'iga binoan, mamlakatimizning «yashil» hududlarida sport sekciyalari, to'garaklari, sport zallari va fitnes-klublar faoliyati yo'lga qo'yilmoqda.

Qolaversa, sportchilar ham karantin talablariga rioya qilgan holda mashg'ulotlarni olib borishi bo'yicha ham chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. SHuningdek, 8 iyun kuni Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev rahbarligida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida karantin talablari bosqichma-bosqich yumshatib borilayotgani sababli endilikda aholining bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va salomatliklarini tiklashda ustuvor bo'lgan sport mashg'ulotlari jarayoniga ularni ko'proq jalb etish masalasiga alohida etibor qaratilgan edi.

Kuni kecha Namangan viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, CHortoq tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi tashabbusi bilan nuroniylar ishtirokida «Salomatlik uchun 5 ming qadam», «Sog'lom hayot uchun 5 ming qadam» shiorlari ostida piyoda yurish marafoni o'tkazildi.

Mazkur marafon CHortoq tuman bolalar-o'smirlar sport maktabi markaziy o'yingohida tashkil etilib, barcha marafon ishtirokchilari karantin qoidalariga to'liq rioya qilgan holda tashkil etildi. bu kabi harakatlar inson salomatligi uchun bo'lgan ahamiyati yuzasidan aholiga keng manoda tushuntirishlar ham berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing