So’nggi yangiliklar

20:18Таэквондочи қизларимиз Тайюан турнирини 2 та бронза медали билан якунлашди 0 19:47"Милан" Леау "Галатасарой"га ўтганини эълон қилди 0 19:19Бухоро “Uzbekistan Judo Tour” ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:53Рожер Федерер теннис шон-шуҳрат залига киритилди 0 18:36Мужибилло Турсунов Россиядаги IBA турнирида ғалабага эришди 0 18:17Мозес Итаумани рингдан замбилда олиб чиқиб кетишди (ВИДЕО) 0 17:44Ян Диоманденинг "Реал"га трансфери мадридликларга 230 миллион еврога тушади 0 17:08Бу факт: Нурсултон Рўзибоев UFC'да энг узун ғалабали сериядаги тўрт жангчидан бири! 0 16:35US Open 2026. Бугун Раҳимова, эртага Тимофеева асосий тўрдаги иштирокини бошлайди 0 16:01Гусковнинг мураббийи: "Мағлубият сабабини биламан" 0 15:36"Ман Сити" "Ливерпуль" футболчисига 99 млн таклиф қилишга тайёр — Романо 0 15:03"Барча Умар Нурмагомедовни бўлажак чемпион деб ҳисобларди, нима бўлганини кўрдингизми?" - Сонг Ядонг 0 14:31"ММАга қайтиш учун энди қарилик қиламан" - Забит Магомедшарипов 0 13:57Статистикага кўра Хргович жанг тўхтатилган вақтда Итаумага ютқазаётганди 0 13:30Лео Месси тарихда иккинчи ўринга кўтарилиб oлди 0

11 apr 11:23
Yangiliklar

Sport kurashlari

Sohibjamol Osiyo chempionati sovrindori! Jalolov finalda, Jamalovda kutilmagan mag'lubiyat

Uzoq muddatli tanaffusdan so'ng Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Razambek Jamalov rasmiy maqomdagi musobaqa - Osiyo chempionatidagi ishtirokini boshladi.

Qirg'iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahri mezbonlik qilayotgan sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatining navbatdagi kuni erkin kurashchilar bahslarga kirishishdi. Ayollar kurashi bellashuvlarida esa birgina vakilamiz shohsupaga ko'tarildi. -53 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Sohibjamol Esbosinova uchinchi o'rin uchun kechgan bellashuvda janubiy koreyalik raqibasi Park Se Yongni mag'lub etib, bronza medaliga sazovor bo'ldi.  

Erkin kurash bahslarida Umidjon Jalolov saralash bahslarini muvaffaqiyatli o'tkazib, finalga etib keldi. Bugun u Osiyo chempionligi uchun azaliy raqibi hindistonlik Sujitga qarshi gilamga chiqadi va avvalgi mag'lubiyat uchun revansh olish imkoniga ega bo'ladi. 

Afsuski, Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Razambek Jamalov o'zi uchun yangi vaznda (-79 kg) oltin yoki kumush medalni qo'lga kirita olmaydi. U 1/2 finalda yaponiyalik uncha taniqli bo'lmagan Keyvan Garehdagiga bir ochko farqi (3-4) bilan yutqazib qo'ydi. Bugun Razambek Osiyo chempionatining bronza medali uchun mo'g'ulistonlik Suldhu Olonbayarga qarshi gilamga chiqadi. 

SHuningdek, erkin kurashchilarimizdan SHahzodbek Yarashev va SHerzod Poyonov ham bronza medali uchun kechadigan bellashuvlarda o'z mahoratini namoyish etadi.    


Final:

-65 kg: Umidjon Jalolov — Sujit (Hindiston)


Bronza medali uchun:

-70 kg: SHahzodbek Yarashev — Sina Halili (Eron)

-79 kg: Razambek Jamalov — Suldxu Olonbayar (Mo'g'uliston)

-97 kg: SHerzod Poyonov — Viki (Hindiston)

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing