21 noy 09:49
Yangiliklar
Boks/MMA
So'nggi jangida Guskovdan nokaut bo'lgan Nikita Krilov UFC 324 turnirida oktagonga chiqadi
Rossiyalik yarimog'ir vazn toifasi vakili Nikita Krilovning navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.
Krilov 24 yanvar kuni AQSHning Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan UFC 324 turnirida litvalik Modestas Bukauskasga qarshi oktagonga chiqadi. Nikita ikki mag'lubiyatli seriya bilan kelmoqda. U Dominik Reyes va hamyurtimiz Bogdan Guskovga birinchi raunddayoq nokaut bilan imkoniyatni boy bergan edi.
Modestas Bukauskas esa aksincha, ketma-ket to'rtta jangda g'alaba qozondi. Oxirgi jangida Pol Kreygni birinchi raundda nokautga uchratdi. Ayni paytda Nikita Krilov UFC yarimog'ir vazn reytingida 13-o'rinni egallab turibdi. Bukauskas esa hali Top-15`ga kirmagan. Agar Krilovni mag'lubiyatga uchratsa, aniq Top-15`da bo'ladi.

Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar