21 avg 09:07
Yangiliklar
Soro Madrimov - Kurbanov chempionlik jangiga halal beradimi? Promouter javob berdi
U o'z intervyusida franciyalik Mishel Soroga qarshi revansh jangi haqida berilgan savolga ham javob berdi. Bu ikki bokschi o'rtasida shu yilning may oyida Rossiyada o'tgan jangda hakamlarning xatosi bilan ochkolar hisobidagi g'alaba Kurbanovga taqdim etilgandi. Buni hatto rossiyalik jurnalistlar ham aytishgan edi.
"Magomed Kurbanov va Mishel Soro o'rtasidagi revansh jangi oktyabr oyiga belgilangan edi. Keyin noyabrga ko'chirildi. Lekin hozir vaziyat o'zgardi. Vaznning mutlaq chempioni Jermell CHarlo Saul Alvaresga qarshi jang uchun o'z vaznini ko'tardi va tabiiyki, bu holatda kamar vakant qoladi. Agar kuzda kamar vakant qolsa, WBA chempionligi uchun Magomed Kurbanov - Isroil Madrimov jangini tomosha qilamiz. Bu holatda Kurbanov - Soro revansh jangi o'z-o'zidan o'tkazilmaydi. Mabodo, WBA kamari CHarloning o'zida qoladigan bo'lsa, revansh jangi belgilanganidek noyabr oyida Ekaterinburg shahrida tashkil etiladi", — dedi Titov.
Fikrlar