11 jan 18:40
Yangiliklar
Soro Madrimovning texnik nokautini o'zgartirish bo'yicha WBA qarorini kutmoqda
Soroning advokati Devid Berlin 21 dekabrdagi maktubida WBA'ga murojaat qilib, uning yarim o'rta vazn toifasidagi mijozi Mishel Soroning Isroil Madrimov bilan jangning bahsli natijasini qayt ko'rib chiqib, raqibning texnik nokautini o'zgartirishni so'radi. O'zbekiston boks komissiyasi 17 dekabr kungi jang komissiyasida WBA rasmiylari bo'lganligi va tashkilot qoidalari qo'llanilgani sababli rasmiy natijani o'zgartirishga faqat WBA vakolatli ekanligini tan oldi.
O'tgan yili WBA shtab boshlig'i etib tayinlangan sobiq promouter Gari SHou franciyalik Soro (35-3-1, 24 KO) va Madrimov (8-0, 6 KO) vakillariga Panama shahridagi sankciya haqida malum qildi. Tashkilotning chempionat qo'mitasi «Yangi yildan keyin yig'ilish o'tkazib», rasmiy natijani o'zgartirish kerakmi yoki yo'qligini aniqlaydi.
Berlin o'zining rasmiy noroziligida Madrimov to'qqizinchi raund yakunlanishi uchun qo'ng'iroq chalinganidan keyin Soroga aniq «olti yoki etti javobsiz zarba» berganini takidladi. Na hakam Salvador Salva, na Madrimov to'qqizinchi raundni yakunlash uchun urilgan bong ovozini eshitmagan.
Fikrlar