17 sen 14:01
Yangiliklar
Sparring kuni: Terma jamoa azolari professional bokschilarga qarshi
Ushbu yig'inda bir qator sovrindor sportchilarimiz - Bahodir Jalolov, Isroil Madrimov, Elnur Abduraimov kabi professional ringda faoliyat olib borayotgan charm qo'lqop ustalarimiz ham ishtirok etishdi. Terma jamoa murabbiylari esa ushbu imkoniyatdan foydalangan holda, mazkur professional bokschilarga qarshi sparring janglarni tashkil etishdi. Unga ko'ra, professional bokschilarimiz 6-8 raunddan, terma jamoa azolari esa 3 raunddan o'rin almashgan holda professionallarga qarshi bahs olib borishdi.
"Yig'in doirasida doim sparring janglar tashkil etiladi. Bu safargi yig'inimizda professional bokschilarimiz ham ishtirok etishdi. Biz esa o'z navbatida ushbu imkoniyatdan foydalanib, terma jamoamiz bokschilarini ularga qarshi sparring janglarini tashkil etdik. Bu har ikki tomon uchun ham foydali. Professional bokschilarimiz 2-3 hil uslubga ega bokschilar bilan 6-8 raundlik jang o'tkazishadi. Terma jamoa azolari esa professional bokschilarga qarshi almashib, 3 raunddan ishlashdi. Bunday sparringlar o'z samarasini berishi shubhasiz", - dedi terma jamoa bosh murabbiyi To'lqin Qilichev.
Fikrlar