12 avg 11:44
Yangiliklar
Boks/MMA

"Sparringda Usikni "yosh bola qilib tashlagandim" - Martin Bakole
Kongolik bokschi Martin Bakole Aleksandr Usik bilan bo'lgan sparring haqida gapirdi.
"Usik yaxshi biladi, men har safar u bilan sparringga borganimda jiddiy muammo tug'dirar edim. Bir kuni ular menga faqat ikki raund berishdi. Lekin Usik uchun bu ikki raund haqiqiy jahannam bo'ldi.
Usikka shunchalik bosim o'tkazdimki, u sindi: baqirib, ringdan chiqib ketdi va murabbiyiga baqira boshladi. Bu haqda avval hech qachon aytmaganman, lekin uning jamoasidan so'rang — ular biladi. O'shanda u qonga botgan edi.
U yaxshi tushunadi: agar haqiqiy jang bo'lsa, men uni osonlikcha yo'q qilar edim. Jamoasi ham biladi, shuning uchun sukut saqlashmoqda. Usikni bolalardek tarbiya qilib qo'ydim — murabbiyi nima qilishni bilmay qoldi", — dedi bokschi Martin Bakole.
Havola :
Manba : The Sun
Fikrlar