13 noy 13:26
Yangiliklar

Spens nima uchun Denni Garsiyani tanlaganini aytdi
"Men avtofalokatdan so'ng tiklanib olganimni isbotlash uchun Denni Garsiyani tanladim. U ajoyib jangchi. Ammo men haliyam divizionning eng yaxshi bokschisi bo'lib qolaveraman. Ushbu jangda men yana buyuk jangchi ekanligimni isbotlayman", - dedi Spens.
Eslatib o'tamiz, Spens - Garsiya jangi 5 dekabr kuni Texasda o'tkaziladi.
Malumot uchun, ushbu vazn toifasida o'zbekistonlik Qudratillo Abduqahhorov IBF yo'nalishida birinchi raqamli davogar hisoblanadi. Ammo avvaliga Spens avtofalokatga uchradi va uzoq muddat jang o'tkaza olmadi. Keyin esa Qudratillo vaqtinchalik chempionlik kamari uchun rossiyalik Sergey Lipenecga qarshi jang qilishi lozim edi. Ammo bokschimizda viza bilan bog'liq yuzaga kelgan muammolar sabab ushbu jang amalga oshmay qoldi.
Fikrlar