21 mar 11:11
Yangiliklar
Gimnastika
Sport gimnastikasi. Yana bir hamyurtimiz Misrdagi jahon kubogida medal qo'lga kiritdi
Misr poytaxtida o'tkazilayotgan sport gimnastikasi bo'yicha Jahon kubogining uchinchi bosqichida terma jamoamiz navbatdagi medalni qo'lga kiritdi.
Bu gal yosh umidli vakilamiz Dildora Aripova sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Erkin mashq dasturida ishtirok etgan Aripova o'zining texnik jihatdan ancha murakkab bo'lgan chiqishini maromida bajara oldi va yakunda kumush medalni qo'lga kiritdi. Vakilamiz faqatgina vengriyalik Dorina Boecoegodan ortda qoldi xolos. Kuchli uchlikka kanadalik Lauri Denomi yakun yasab berdi.
Eslatib o'tamiz, bungacha tayanib sakrash dasturida Oksana CHusovitina ham kumush medalni qo'lga kiritgan edi. SHu tariqa, delegaciyamiz mazkur musobaqada 2 ta kumush medalni qo'lga kiritib turibdi.
Havola :
Manba : МОҚ матбуот хизмати
Fikrlar