05 avg 11:59
Yangiliklar
Sport kurashchilarimiz JCHda 7 ta medal qo'lga kiritishdi
Musobaqaning so'nggi kunida yunon-rim kurashi bo'yicha bellashuvlar o'tkazildi. Jahon chempionatining oxirgi kuni terma jamoamiz uchun kumush medal bilan yakunlandi. -45 kilogramm vazn toifasida Asadbek Bahromov finalda qozog'istonlik raqibi Samatbek Izimgaliga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
SHu tariqa terma jamoamiz klassik kurash yo'nalishida 1 tadan kumush va bronza medallarini qo'lga kiritgan bo'lsa, butun musobaqa davomida esa 1 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medallarini jamg'ardi. Sofiya turnirida qahramonga aylangan vakillarimiz ro'yxati:
Oltin medal
Umidjon Jalolov (erkin kurash, -55 kg)
Kumush medal
Kamronbek Qadamov (erkin kurash, -48 kg)
Asadbek Bahromov (yunon-rim kurashi, -45 kg)
Bronza medal
Abror Atabaev (yunon-rim kurashi, -55 kg)
Mushtariy Tolipbekova (qizlar kurashi, -40 kg)
Sitora Tolipbekova (qizlar kurashi, -46 kg)
Rushana Abdukarimova (qizlar kurashi, -65 kg)
Fikrlar