So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

04 iyu 07:51
Yangiliklar

Sport kurashlari

Sport kurashchilarimiz Osiyo chempionatiga jo'nab ketishdi (to'liq tarkib)

4-7 iyul kunlari Qozog'istonning Nur-Sultan shahrida sport kurashlari (yunon-rum, erkin va ayollar kurashi) bo'yicha kadetlar o'rtasidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Ushbu qita chempionatida O'zbekiston terma jamoasining istedodli kurashchilari barcha yo'nalishlar hamda vazn toifalarida gilamga chiqishadi. Eshpo'lat Hidoyatov va Sobir Qo'ziev O'zbekiston nomida bahslarda hakamlik qilishadi.  

Osiyo chempionatida jami 19 mamlakatdan kelgan kurashchilar ishtirok etadi. Qozog'iston hamda yurtimiz sport kurashi vakillaridan tashqari Xitoy, Hindiston, Eron, Iroq, Yaponiya, Iordaniya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Mo'g'uliston, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Singapur, KXDR, Suriya, Xitoy Taypeyi, Tojikiston, Tailand va Turkmaniston terma jamoalari kurashchilari ham medallar uchun bahs olib boradi.

Erkin kurash

-45 kg: Nodirbek Yoqubov

-48 kg: Kamronbek Qadamov

-51 kg: Sarvarbek Xudoyberganov

-55 kg: Arslon Rahimov

-60 kg: Zafarbek Otaxonov

-65 kg: Begijon Qo'ldoshev

-71 kg: SHohrux Jo'raev

-80 kg: Muhammadamin Abdurahmonov

-92 kg: Amirjon Namozov

+110 kg: Namoz Abdurashidov


Yunon-rum kurashi

-45 kg: Asadbek Bahromov

-48 kg: Quvonchbek Toshnazarov

-51 kg: Akmal Hamroev

-55 kg: Abror Otaboev

-60 kg: Amirbek Sultonov

-65 kg: Aslbek Xudoyberganov

-71 kg: Samandar Bobonazarov

-80 kg: Azamatjon Abdubannobov

-92 kg: Jahongir Hoshimov

+110 kg: Dilshodbek Yo'ldshoev


Ayollar kurashi

-40 kg: Mushtariy Tolipbekova 

-43 kg: Munojatxon Samieva

-46 kg: Hurmatoy Homidova

-49 kg: Dilshoda Matnazarova

-53 kg: Muyassar Xushmuratova

-57 kg: Xurliman Sanetullaeva

-61 kg: Layloxon Sobirova

-65 kg: Rushana Abdurasulova

-69 kg: Noila Ergasheva

-73 kg: Marjona Rahmonqulova

Murabbiylar: Baxtiyor Sayfiev, Komiljon Kazakov, Asror Xo'jamurodov

Hakamlar: Eshpo'lat Hidoyatov, Sobir Qo'ziev

Delegaciya rahbari: SHuhrat Mamadaliev

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing