13 jan 18:47
Yangiliklar
Sport kurashchilarimiz yilning ilk reyting musobaqasiga yo'l olishyapti
Ushbu musobaqa erkin, yunon-rim va ayollar kurashi vakillari uchun joriy 2020 yil hisobidan o'rin olgan ilk reyting turniri hisoblanadi. Bugun tunda 17 kishidan iborat terma jamoamiz delegaciyasi Rim shahriga jo'nab ketadi.
Erkin kurashchilarimizdan birgina Rashid Qurbonov (-86 kg) gilamga chiqsa, yunon-rimchilarimizdan 11 nafari reyting ochkolari uchun kurashadi. Xalqaro toifadagi referi Tohir G'ulomov musobaqada hakam sifatida ishtirok etadi. G'ulomov O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi va Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan 2019 yilning eng yaxshi hakami deb topilgandi.
Rimga yo'l olayotgan delegaciya tarkibi:
Erkin kurash
-86 kg: Rashid Qurbonov
Yunon-rim kurashi
-60 kg: Islomjon Bahromov, Feruz To'xtaev
-67 kg: Mirzobek Rahmatov, Mahmud Baxshilloev
-72 kg: Aram Vardanyan
-77 kg: Nurbek Xashimbekov
-82 kg: Jalgasbay Berdimuratov
-97 kg: Muhammadali SHamsiddinov, Jahongir Turdiev, Temur Mirzo Mamajonov
-130 kg: Mo'minjon Abdullaev
Murabbiylar - Ravshan Ro'ziqulov, Rustam Qudratov, Zaza Silagadze
Hakam - Tohir G'ulomov
Delegaciya rahbari - Hasan Qahhorov
O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar