So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

16 jan 08:22
Yangiliklar

Sport kurashlari

Sport kurashlari. Baxshilloev chempion, Bahromovda kumush, To'xtaev va Mo'minjonovda bronza!

Xabar berganimizdek, Italiya poytaxti Rim shahrida Tokio Olimpiadasiga muhim reyting ochkolarini taqdim etuvchi xalqaro turnir bo'lib o'tmoqda.

Ushbu musobaqa erkin, yunon-rim va ayollar kurashi vakillari uchun joriy 2020 yil hisobidan o'rin olgan ilk reyting turniri hisoblanadi. Kecha musobaqaning ilk kuni yunon-rim kurashi ustalari medallar va reyting ochkolari uchun bahslarni boshlab berishdi. 

Quvonarlisi, birinchi kungi bahslarning o'zida to'rtta medal qo'lga kiritildi. -67 kg vaznda gilamga chiqgan yurtdoshimiz Mahmud Baxshilloev barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, turniri g'olibiga aylandi. Mahmud chorak finada italiyalik Ruben Marvaysni 8:0, yarim finalda venesuelalik Xaver Palensiya Puentesni 8:0, hal qiluvchi finalda esa misrlik Muhammad El Sayid Abuhalimani 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. 

-60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Islomjon Bahromov esa oltin medal uchun kechgan murosasiz final bellashuvida xitoylik Saylike Valixanga 3:4 hisobida yutqazdi va kumush medalga ega chiqdi. U chorak finalda yana bir kurashchimiz Feruz To'xtaevni qiyinchilik bilan 8:7 hisobida taslim etgan edi. Feruz mag'lubiyatga qaramay, hindistonlik Sachin Ranani 9:0 hisobida dog'da qoldirib, bronza medaliga sazovor bo'ldi.

Terma jamoamizga to'rtinchi medalni eng og'ir (-130 kg) vazndagi kurashchimiz Mo'minjon Abdullaev keltirdi. Osiyo o'yinlari g'olibi norvegiyalik Oskar Marvikka qarshi kechgan bellashuvda ustunlik evaziga raqibidan ustun keldi va bronza medalini qo'lga kiritdi. 

Reyting:    

Fikrlar

   
16 jan 12:15:39
Shohruh Lazizov
Ilohim har doim shunaqa yutuqlaga erishib yurila Omad!!!!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing