18 sen 16:22
Yangiliklar
Sport kurashlari. Bekzod Abdurahmonov va G'ulomjon Abdullaev o'tish bosqichida ham mag'lubiyatga uchrab, jahon chempionatini medalsiz yakunladi
Musobaqada erkin kurash bo'yicha -74 kg vazn toifasida terma jamoamiz azosi Bekzod Abdurahmonov kecha bahslarga kirishgan edi. Sportchimiz ilk bosqichda polshalik Kamil Ribichkini 12-1 hisobida mag'lub etdi. Ammo 1/16 finalda Tokio Olimpiadasi chempioni, ikki karra jahon chempioni, rossiyalik Zaurbek Sidakovga yutqazib qo'ydi. Biroz oldin esa Bekzod Abdurahmonov bronza medali yo'lida ilk o'tish bahsini o'tkazdi. Gruziyalik Avtandil Kenchadzega qarshi kechgan bahs, afsuski, 10:4 hisobida raqib foydasiga yakunlandi.
SHuningdek, -57 kg vazndagi G'ulomjon Abdullaev ilk o'tish bosqichida koreyalik Kim Gukxyonni 10:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Ikkinchi bosqichda esa hamyurtimiz rossiyalik Zavur Uguevga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Bugungi kun doirasida Umidjon Jalolov (-65 kg), Magomed Ismoilov (-97 kg) hamda SHohida Ahmedova (-55 kg) ham bahslarga kirishadi.
Fikrlar