So’nggi yangiliklar

19:40Шаҳобиддин Эгамов Тошкентда чемпионлик камари учун жанг қилади (ПОСТЕР) 0 18:57Осиё ўйинлари. Мусобақанинг илк кунида қайси спортчиларимиз баҳсларда иштирок этишади? 1 18:37Mangu Дубайдаги ММА Лигаси билан ҳамкорликда турнир ўтказади (ВИДЕО) 0 18:26Ўзбекистон - Туркия ва бошқалар. Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасининг 4-кунидан ОНЛАЙН НАТИЖАЛАР 0 18:01Ўзбекистонлик оғир атлетикачи допинг туфайли 3 йилга четлатилди 0 17:22Тухель 2022 йилда Роналдунинг "Челси"га ўтишига тўсқинлик қилган экан 0 16:50Рамазон Темиров Стив Эрцегга қарши жангга тайёрланиш учун қанча харажат қилганди? 0 16:06Жаҳон чемпиони Асланбек Шимбергенов боксдаги фаолиятини якунлади 0 15:15УЕФА ва КОНКАКАФ ФИФАдан ҳар бир федерацияга 10 млн доллардан тўлашни талаб қилди — L’Équipe 0 14:38Японияда ООК Ижроия қўмитасининг йиғилиши бўлиб ўтди 0 13:30Маҳмуд Мурадов олти нафар рақибга қарши жанг қилиб, қанча пул ишлаб олиши аниқ бўлди 0 12:16Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. 3-турдан сўнг турнир жадвали қандай кўринишда? 0 11:30Бундеслиганинг барча даврлар рекорди янгиланди 0 10:15Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: йигитлар Туркия билан, қизлар эса Аргентинага қарши дона суришади 0 09:57Шаҳзодбек Ярашев Чеченистонда ўтказилган эркин кураш турнирида совриндор бўлди 0

30 iyu 16:47
Yangiliklar

Sport kurashlari, Kurash

Sport kurashlari bo'yicha terma jamoamiz yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqda

Teglar :  Kurash
1-6 avgust kunlari Finlyandiyaning Tampere shahrida sport kurashlari bo'yicha yoshlar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasining 13 nafar azosi ham ishtirok etadi. Erkin va yunon-rum kurashlari bo'yicha terma jamoalarimiz tarkibiga beshtadan sportchi kiritilgan bo'lsa, ayollar kurashida 3 nafar qizimiz yurtimiz sharafini himoya qilishadi. 

Tajribali mutaxassis Ravshan Ro'ziqulov ustozligidagi yunon-rum kurashi bo'yicha terma jamoamiz tarkibi yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati kumush medal sohibi Ilhom Bahromov, 2015 yilgi Osiyo chempioni To'rabek Tirkashev, qita chempionati bronza medali egasi Mahmud Bahshilloev, Osiyo chempionatining kumush medal sovrindori Jalgas Berdimuradov va joriy yilda qita chempionligiga erishgan Temur Mirzo Mamajonovlar hisobiga to'ldirildi. 

Erkin kurash bo'yicha terma jamoamizga Aleksandr Nedorezov va Olimjon Hikmatovlar ustozlik qilishadi. Tarkibga esa jahon chempionati kumush medali sohibi G'ulomjon Abdullaev, delegaciyamiz tarkibida sportning ushbu turi bo'yicha Rio-2016 Olimpiya o'yinlarining eng yosh polvoni sifatida nom qozongan Abbos Rahmonov, 2017 yilgi Osiyo chempionati kumush medali sohibi Isa SHapiev, uning egizagi - qita chempionatining bronza medali egasi Javrail SHapiev va Osiyo chempioni Hasanboy Rahimovlar kiritilishgan. 

Va nihoyat ayollar kurashi bo'yicha tashkil etiladigan musobaqalarda Osiyo chempionatining bir yo'la uch nafar bronza medal sohibalari SHahodat Djulibaeva, Xadicha Najimova va Nabira Esenbaevalar yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Qizlarimizga jahon chempionatida Ahmet Kagarmanov ustozlik qiladi. 

Guvohi bo'lganingizdek, Finlyandiyaga murabbiylar shtabi xalqaro maydonlarda toblangan, nufuzli musobaqalarda zafar quchib, g'alaba nashidasini surgan yosh polvonlarimizni olib ketishmoqda. Demak, terma jamoamizdan jahon chempionatida ijobiy natijalar kutishga xaqlimiz. Sportchilarimiz so'nggi bir necha hafta davomida mazkur nufuzli musobaqaga tayyorgarlik olib borishdi. Umid qilamizki, o'tkazilgan tinimsiz mashg'ulotlar Tampere arenalarida o'z samarasini beradi. Delegaciyamiz azolari ertaga, 29 iyul kuni kechqurun Finlyandiyaga jo'nab ketishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing