So’nggi yangiliklar

16:47Англиянинг топ-клуби Хаби Алонсо билан боғланди 0 16:26MMA жамоатчигининг Пратес - Маддалена жангига муносабати 0 16:05Хайме Мунгия WBA йўналишининг янги чемпиони 0 15:44Бенавидес Рамиресни тўхтатди ва Канелога "вызов" ташлади 0 15:23"Ювентус" "Реал" ҳужумчисини ўз сафига қўшмоқчи 0 15:02"Махачев - Гарри жанги ғолиби билан уришмоқчиман" - Карлос Пратес 0 14:41"Аввал Махачевни ютаман, кейин сен билан Бразилияда жанг қиламан" - Гарри Пратесга мурожаат қилди 0 14:20Хамзат Чимаев: "Менда аллақачон камар бор. Энди пул ортидан қувяпман" 0 13:59Диего Симеоне мураббийлик фаолиятидаги 1000-ўйинини ўтказди 0 13:38Наоя Иноуэнинг навбатдаги жанги муддати ва рақиби айтилди 0 13:17"Умид қиламанки Гарри Ислам Махачевни юта олади" - Пратес 0 12:56Камондан отиш бўйича Ўзбекистон терма жамоаси Шарқий Осиё сафарига йўл олди 0 12:35"Барселона" 10 йилдан сўнг ушбу натижага эришди 0 12:14Май ойи учун FIDE рейтинги эълон қилинди 0 11:53Dushanbe Grand Slam 2026. Бугун 9 нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз 0

22 iyu 11:23
Yangiliklar

Sport kurashlari

Sport kurashlari. Erkin kurashchimiz Osiyo chempioni!

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida sport kurashlari bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda.

Unda o'zbekistonlik sportchilar ham muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda. Bungacha vakillarimiz yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha medallar qo'lga kiritishgani haqida xabar bergandik.

Bugun musobaqa doirasida erkin kurash bo'yicha bahslar bo'lib o'tdi. -57kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan G'ulomjon Abdullaev Qirg'iziston va Xitoy vakillarini mag'lub etib, finalga yo'l oldi. Hal qiluvchi jangda esa u hindistonlik Navin Navinga qarshi gilamga chiqdi va raqibini mag'lub etib, oltin medal sohibiga aylandi.

SHuningdek, -79kg vazn toifasidagi Muhammadrasul Rahimov bronza medali uchun jangda Janubiy Koreya vakili Dongmin SHinni mag'lub etib, sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Eslatib o'tamiz, shu kungacha sportchilarimizdan yunon-rum kurashi bahslarida Temurmirzo Mamajonov (oltin), Kamol Qo'ziev (kumush), Mahmud Bahshilloev (bronza), To'rabek Tirkashev (bronza), ayollar kurashida esa Nabira Esenbaeva (kumush) va Bahtigul Baltaniyazova (bronza) sovrindorlar qatoridan joy olgandilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing