So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

15 jan 19:01
Yangiliklar

Sport kurashlari

Sport kurashlari. Ikki vakilimiz oltin, yana ikkisi bronza uchun kurashadi

Bugun Italiya poytaxti Rim shahrida Tokio Olimpiadasiga muhim reyting ochkolarini taqdim etuvchi xalqaro turnir start oldi.

Ushbu musobaqa erkin, yunon-rim va ayollar kurashi vakillari uchun joriy 2020 yil hisobidan o'rin olgan ilk reyting turniri hisoblanadi. Bugun yunon-rim kurashi ustalari medallar va reytirng ochkolari uchun bahslarni boshlab berishdi. 

Quvonarlisi, hamyurtlarimizning to'rt nafari ertaga medallar uchun kechadigan bellashuvlarda gilamga chiqish imkoniyatini qo'lga kiritishdi. -60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Islomjon Bahromov finalga yo'l oldi. U chorak finalda jamoadoshi Feruz To'xtaevni qiyinchilik bilan 8:7 hisobida engdi. Yarim finalda hindistonlik Sachin Ranaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 9:0. Uning ertangi oltin medal uchun bellashuvdagi raqibi xitoylik Saylike Valixan bo'ladi. Feruz To'xtaev esa aynan Ranaga qarshi bronza medali uchun kurashadi.  

-67 kg vaznda gilamga chiqayotgan yurtdoshimiz Mahmud Baxshilloev ham final yo'llanmasiga ega bo'ldi. Mahmud chorak finada italiyalik Ruben Marvaysni 8:0, yarim finalda venesuelalik Xaver Palensiya Puentesni 8:0 hisobida taslim etdi. Endi u ertaga oltin medal uchun kechadigan uchrashuvda misrlik Muhammad El Sayid Abuhalimaga qarshi bahs olib boradi.       

Eng og'ir (-130 kg) vazndagi kurashchimiz Mo'minjon Abdullaev birinchi bosqichda italiyalik Luka Godinoni 8:0 hisobida engdi. Lekin 1/4 finalda misrlik Abdulatif Muhammad Ahmadga 4:6 hisobida yutqazib qo'ydi. O'tish bahsida finlyandiyalik Yoxannes Kostadan ustun kelgan Mo'minjon ertaga bronza medali uchun gilamga chiqadi. Uning raqibi norvegiyalik Oskar Marvik bo'ladi.  

O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi matbuot xizmati  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing