19 sen 08:15
Yangiliklar
Sport kurashlari. Jahon chempionatidan 2ta medal bilan
Yilning ushbu nufuzli musobaqasida O'zbekiston terma jamoasi sportchilari ham uchta yo'nalishning barchasida medallar uchun bahs olib borishdi. Jahon chempionatining so'nggi kuni erkin kurash bo'yicha 5ta vazn toifasida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi.
Afsuski, 3ta vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan kurashchilarimiz saralash uchrashuvlaridayoq raqiblariga imkoniyatni boy berishdi. Rustambek Jo'raev (46 kg), Feruz Yoqubov (54 kg), Muhammadrasul Rahimov (76 kg)lar sovrinli o'rinlardan chetda qolishdi.
SHu tariqa, Tbilisida o'tgan jahon chempionatida terma jamoamiz bitta kumush va bronza medali bilan kifoyalandi. Yunon-rum kurashi bahslarida Elbek Ergashev 46 kg vaznda kumush medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, 42 kg vazn toifasidagi Ixtiyor Botirov bronza medali bilan taqdirlandi.
Fikrlar