18 sen 09:59
Yangiliklar
Sport kurashlari, Kurash
Sport kurashlari. Jahon chempionatining kechagi kuni ham medalsiz
Gruziya poytaxti Tbilisi shahri mezbonlik qilayotgan o'smirlar o'rtasidagi sport kurashlari, yani erkin, yunon-rum hamda ayollar kurashi bo'yicha jahon chempionati o'z yakuniga etib bormoqda.
Yilning ushbu nufuzli musobaqasida O'zbekiston terma jamoasi sportchilari ham uchta yo'nalishning barchasida medallar uchun bahslarga kirishishgandi. Kecha erkin kurash bahslarida 5ta vazn toifasida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi.
Afsuski, 3ta vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan kurashchilarimiz ilk saralash uchrashuvlaridayoq raqiblariga imkoniyatni boy berishdi. 50 kg vazn toifasidagi Farrux SHokirov nimchorak finalda ozarboyjonlik Asqar Mammadalievga 2:5 hisobida yutqazib qo'ydi.
58 kg vazndagi Nodir Rahimov ilk saralash bosqichida moldovalik Nikolay Graxmezga 11:19 hisobida uchrashuvni boy berdi. 85 kg vazndagi Davlatbek Ashurov avvaliga ukrainalik Oleksandr Ximishlini 6:2 hisobida engdi. Nimchorak finada esa AQSH vakili Aleksandr Uornerga 0:10 hisobida yutqazdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar