19 sen 16:16
Yangiliklar
Sport kurashlari. Magomed Ibragimov Snayderga yutqazdi va Olimpiadaga licenziya qo'lga kirita olmadi
Musobaqada -97 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan erkin kurashchimiz Magomed Ibragimov ilk jangida Bahrayn sharafini himoya qilayotgan Ahmed Tajudinovga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Lekin Tajudinov finalga qadar etib borgani uchun hamyurtimizda bronza medali va Olimpiada licenziyasi uchun imkoniyat saqlanib qolgandi.
O'tish jangida u avvaliga Kosta-Rika vakili Maksvell Lasini mag'lub etdi. Ikkinchi jangda esa Olimpiada chempioni, uch karra jahon chempioni Kayl Snayderga yutqazib qo'ydi. Ushbu mag'lubiyat sabab u bronza medali va Parij Olimpiadasi licenziyasidan mahrum bo'ldi. Endi u Qirg'iziston va Turkiyada o'tkaziladigan turnirlar orqali licenziyaga ega chiqishi mumkin.
Malumot o'rnida, ushbu vazn toifasida ikki karra Olimpiada chempioni, besh karra jahon chempioni Abdulrashid Sadullaev ham jang o'tkazdi va yarim finalda Tajudinov bilan bahsda jarohat sabab o'z jangini davom ettira olmadi.
Fikrlar