24 fev 10:51
Yangiliklar
Sport kurashlari. Osiyo chempionatida 10 ta medal qo'lga kiritildi FOTOGALEREYA
Qita chempionatida ishtirok etgan O'zbekiston sport kurashi vakillari yakunda 10 ta medal qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lishdi. Yunon-rim kurashchimiz Elmurat Tasmuradov va erkin kurash vakilimiz Ilyas Bekbulatov barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, Osiyo chempioniga aylanishdi.
Darvoqe, Tasmuradov endi 5 karra Osiyo chempioni! Yunon-rim terma jamoamiz esa umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egalladi. O'tgan yilgi ham Osiyo ham jahon chempionatlarida ham yunon-rim terma jamoamiz umumjamoa hisobida ikkinchi bo'lgan edi.
G'olib va sovrindor kurashchilarimiz:
Yunon-rum kurashi
Oltin medal
-63 kg: Elmurat Tasmuradov
Kumush medal
-55 kg: Jasurbek Ortiqboev
-67 kg: Mahmud Baxshilloev
Bronza medal
-60 kg: Islomjon Bahromov
-82 kg: Jalgasbay Berdimuratov
-97 kg: Muhammadali SHamsiddinov
Ayollar kurashi:
Bronza medal
-50 kg: Dauletbike Yaxshimuratova
-53 kg: Aktenge Keunimjaeva
Erkin kurash:
Oltin medal
-70 kg: Ilyas Bekbulatov
Bronza medal
-86 kg: Isa SHapiev
Fikrlar