12 may 16:41
Yangiliklar
Sport kurashlari, Kurash
Sport kurashlari. Osiyo chempionatining ikkinchi kunida oltin va bronza
Poytaxtimizda sport kurashlari bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
Yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha bellashuvlar bo'lib o'tdi. Yunon-rum kurashi bo'yicha bahslarda -80kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Bekzod Ahmedov bronza medali uchun jangda qozog'istonlik Erzat Erlanovni mag'lubiyatga uchratdi va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Ayollar kurashining -40kg vazn toifasida O'zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan Munojotxon Samieva finalda mo'g'ulistonlik Nomun Batsaixanni mag'lub etdi va oltin medal sohibasiga aylandi. Malumot uchun, ushbu vazn toifasi Olimpiya o'yinlari vazn toifasi hisoblanmaydi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar