So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

14 may 10:45
Yangiliklar

Sport kurashlari, Kurash

Sport kurashlari. Osiyo chempionatining so'nggi kunida beshta medal!

Poytaxtimizda o'tkazilayotgan sport kurashlari bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati yakuniga etdi.

Musobaqaning so'nggi kunida erkin kurash bo'yicha ettita vaznda bellashuvlar bo'lib o'tdi. Quvonarlisi bugun o'tkazilgan bahslarda besh nafar sportchimiz shohsupaga ko'tarilishga muvaffaq bo'ldi. Ularning biri esa Osiyo chempionlini qo'lga kiritish bilan birgalikda, oktyabr oyida Buenos-Ayresda bo'lib o'tadigan III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlarida ishtirok etish huquqiga ham ega bo'ldi.

-45kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Sarvarbek Xudoyberganov bronza medalini qo'lga kiritdi. -48kg vaznda musobaqada ishtirok etgan Umidjon Jalolov esa barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medal sohibiga aylandi. Endi u Argentinadagi o'yinlarda yurtimiz sharafini himoya qiladi. -51kg vaznli erkin kurashchimiz Arslon Rahimov ham qita chempioniga aylandi. Ammo, ushbu vazn toifasida Olimpiya vazni hisoblanmaydi. -60kg vazn toifasida bellashuvlarda qatnashgan Mirkamol Beshimov ham bronza medalini qo'lga kiritib, sovrindorlar qatoridan o'rin olishga muvaffaq bo'ldi. -92kg vaznli erkin kurashchimiz SHohjahon Avazov ham bronza medaliga sazovor bo'ldi.

SHu tariqa, yakunlangan Osiyo chempionatida umumiy hisobda to'rtta licenziya qo'lga kiritdik. Malumot uchun yunon-rum va erkin kurashda Osiyo qitasi uchun beshtadan yo'llanma ajratilgan. Ayollar kurashida esa umumiy hisobda 10ta licenziya taqsimlangan. Yunon-rum kurashida Asilbek Nematov (-60kg) yo'llanma sohibiga aylandi. Qayd etib o'tish lozimki, yunon-rum kurashi bahslarida Markaziy Osiyo vakillari ichida faqatgina O'zbekiston licenziya qo'lga kirita oldi. Ayollar kurashida SHohida Ahmedova (-49kg) va Svetlana Oqnazarova (-73kg), erkin kurashchilarimiz ichida esa Umidjon Jalolov (-48kg) Argentina yo'llanmasini naqd qilib qo'ydi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing