So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

12 may 20:55
Yangiliklar

Sport kurashlari, Kurash

Sport kurashlari. O'smirlarimizdan Olimpiya o'yinlariga licenziya!

Xabaringiz bor, poytaxtimizda sport kurashlari bo'yicha o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda.

Bugun ayollar kurashi va erkin kurash bo'yicha bellashuvlar bo'lib o'tdi. Avvalroq ayollar kurashi bo'yicha ikki nafar sportchimiz SHohida Ahmedova va Svetlana Oqnazarovalar final yo'llanmasini hal qilib, o'smirlar Olimpiya o'yinlariga yo'llanma sohibasiga aylanganliklari haqida xabar qilgandik.

Biroz avval qizlarimiz musobaqaning final jangida kurashga chiqdilar. Afsuski, ularning har ikkisi ham hal qiluvchi bellashuvda imkoniyatni boy berib qo'ydilar va Osiyo chempionatining kumush medallari bilan kifoyalanishdi. Ammo, xabar berib o'tganimizdek, finalga chiqish orqali ular oktyabr oyida Buenos-Ayresda bo'lib o'tadigan o'smirlar Olimpiya o'yinlariga yo'llanmani naqd qilib qo'ygandilar.

Erkin kurashning -80kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Muhammadrasul Rahimovga finalda biroz omad etishmadi. Hamyurtimiz butun jang davomida ustunlik qildi. Afsuski, 4:0 hisobida oldinda borayotgan sportchimiz so'nggi soniyalarda tashabbusni raqibga boy berib qo'ydi va 4:5 hisobida mag'lubiyatga uchradi. SHu tariqa Muhammadrasul Osiyo chempionatining kumush medalini qo'lga kiritdi hamda Olimpiya o'yinlari licenziyasidan quruq qoldi.

-71kg vaznda musobaqada ishtirok etgan Azizbek Fayzullaev esa bronza medali uchun bahsda yaponiyalik raqibi ustidan g'alaba qozonib, musobaqa sovrindorlari qatoridan o'rin oldi.

Ertaga musobaqaning so'nggi kuni bo'lib o'tadi va unda erkin kurash bo'yicha bellashuvlar tashkil qilinadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing