30 apr 10:40
Yangiliklar
Sport kurashlari va og'ir atletika bo'yicha terma jamoamiz vakillari Osiyo chempionatidan qaytib kelishdi
Xitoy bir vaqtning o'zida 2 sport turi bo'yicha qita birinchiligiga mezbonlik qildi.
Cian shahrida 23-28 aprel kunlari sport kurashlari, Ninbo shahrida esa 20-28 aprelda og'ir atletika bo'yicha Osiyoning eng kuchli sportchilari raqobat olib borishdi. Unda ishtirok etgan vakillarimiz yuqori natijalar bilan bugun Toshkent Xalqaro aeroportiga qaytib kelishdi. Qahramonlarimizni kutib olish marosimida sport muxlislari, atletlarimizning yaqinlari OAV vakillari ham ishtirok etdilar.
Eslatib o'tamiz, sport kurashlari bo'yicha terma jamoamiz vakillari esa qita chempionatida 2 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronza medallarini jamg'arishdi.
Yunon-rim kurashi bo'yicha polvonlarimiz umumjamoa bo'yicha qitamizda ikkinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. Og'ir atletika bahslarida esa sportchilarimiz 4 ta kumush va 3 ta bronza medallarini, shuningdek, 2 ishtirokchimiz yoshlar o'rtasida jahon rekordini yangilashga ham muvaffaq bo'ldi.
Fikrlar