01 jan 07:42
Yangiliklar
Sport kurashlarida 2021 yilning eng yaxshilari + FOTO
Kutilganidek, Tokio Olimpiadasining bronza medali sovrindori Bekzod Abdurahmonov "Yilning eng yaxshi erkin kurashchisi" bo'ldi. Jalgasbay Berdimuratov "Yilning eng yaxshi yunon-rum kurashchisi", Jasmina Immaeva esa "Yilning eng yaxshi ayol erkin kurashchisi" deb topildi.
Ahmad Jumaev "Yilning eng yaxshi erkin kurash murabbiyi", Valijon Jonxo'rozov "Yilning eng yaxshi yunon-rum kurashi murabbiyi", erkin kurash bo'yicha o'smirlar o'rtasida jahon chempioni Kamronbek Kadamov "Yilning eng yaxshi yosh kurashchisi", xalqaro toifadagi referi Sobir Qo'ziev "Yilning eng yaxshi hakami" deya etirof etildi.
SHuningdek, erkin va yunon-rum kurashi bo'yicha milliy terma jamoa bosh murabbiylari Olimjon Hikmatov hamda Ravshan Ro'ziqulov ham O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi tomonidan taqdirlandi.
Fikrlar