So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

16 iyu 19:01
Yangiliklar

Sport kurashlari

Sport kurashlarida onlayn muloqot bo'lib o'tdi

O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi tomonidan Zoom platformasida onlayn muloqot tashkil etildi.

Unda murabbiylar, sportchilar va hakamlar ishtirok etishdi. Erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi maslahatchi-murabbiyi Ali Ahmedov kurashchilarning mashg'ulot olib borish jarayonlari haqida gapirib berdi. Turli iqlim va joy sharoitlariga mashg'ulotlardagi o'zgarishlarga alohida urg'u qaratdi. Mashg'ulotlarda ko'proq nimalarga etibor qaratish kerak ekanligini tushuntirdi. 

"Sport kurashlarida eng muhim jihat bu - kuch! Kuch esa jismoniy mashg'ulotlar yordamida bunga erishiladi. Ko'proq shtanga ko'tarish kerak. Lekin bu jarayonda og'irlikka etibor qaratish lozim. Dengiz sathidan balandlik ham mashg'ulotlarda inobatga olinishi kerak. Yani yuklamalar ko'r-ko'rona belgilanmasligi lozim. Moslashuvchanlikni rivojlantirish uchun biz malum bir akrobatik mashqlarni o'rganamiz: umbaloq oshish, koleso, rondat, turli ko'rinishdagi salto, oyoqlarni tepaga qaratgan holda qo'lda yurish, most holatidan tik holatga kelish. Egiluvchanlik sifati ixtiyoriy hisoblanadi. Kurashchi uchun unchalik ham zarur va majburiy emas. Aksariyat mashhur polvonlar egiluvchanlik emas, aksincha, moslashuvchanligi bilan ajralib turadi. Ular bu kamchilikni o'zlarining boshqa rivojlangan sifatlari, masalan kuch bilan berkitishga harakat qilishadi va bu ish beradi. Ayrim kurashchilar ayyorlik ham ishlatishadi. Bu shundan dalolat beradiki, kurash faqat kuch va moslashuvchanlikdan iborat emas. Bu xuddi shaxmat doskasiga o'xshaydi. Partiyada grossmeysterlardan qisqa fursatda aql bilan tez qaror qabul qilish qobiliyatiga ega bo'lish talab etiladi. Qiyin vaziyatdan chiqib ketish o'sha shaxmatchining qanday kuch va mahoratga ega ekanidan dalolat beradi. Har qanday holatda ham puxta ishlab chiqilgan moslashuvchanlik ham samara keltiradi. Kuch, epchillik, texnika, aql kabi sifatlar kurashchini g'alaba sari etaklaydi. Bu sifatlar kurashchining taktik imkoniyatlarini kengaytirishga ham imkon beradi", - dedi terma jamoamiz murabbiyi.  

Ushbu onlayn muloqotni O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov kuzatib bordi. Tadbirning ikkinchi qismida u murabbiy va sportchilar bilan alohida suhbatlashdi. Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyat vakillari bilan hozirgi vaziyat, mavjud kamchiliklar xususida fikr almashdi. Rustam SHoabdurahmonov karantin qoidalariga to'liq rioya qilishga, pandemik vaziyatda hamma o'z salomatligiga etibor qaratib, extiyot bo'lishga chaqirdi.   

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing