30 iyu 12:00
Yangiliklar
Sport kurashlari
Sport kurashlarimiz Osiyo chempionatida 13 ta medal qo'lga kiritishdi
Tailandning Pattayya shahrida sport kurashlari bo'yicha U15 yosh toifasidagi Osiyo chempionati nihoyasiga etdi.
Erkin kurash bahslarida yurtdoshlarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medaliga chiqishdi. Otabek To'xtamurodov o'z vazn toifasida Osiyo chempioni bo'ldi.
Oltin medal:
-38 kg: Otabek To'xtamurodov
Kumush medallar:
-41 kg: Asomiddin Badriddinov
-62 kg: Ismoiljon Nazirjonov
Bronza medallar:
-57 kg: Ozodbek Abduvoitov
-68 kg: Behruz Davronov
Qita birinchiligining birinchi kuni yunon-rum kurashchilarimiz 3 ta oltin, 1 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni qo'lga kiritishgandi. Bugun musobaqada dam olish kuni. Ertadan U20 yosh toifasidagi bahslar boshlanadi.





Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar