24 sen 09:51
Yangiliklar
Sportchilarimiz Ramzan Kadirov ko'z o'ngida o'tgan musobaqada shoxsupaga ko'tarilishdi FOTO
O'z tarixida to'qqizinchi marotaba tashkil etilgan Turpal-Ali Zelimxanovich xotirasiga bag'ishlangan ushbu musobaqada Ukraina, Ozarbayjon, Armaniston, Qozog'iston, Sloveniya, Rossiyaning 19 ta mintaqasidan kelgan jami 250 nafardan ziyod dzyudochilar g'oliblik yo'lida tatamga chiqishdi.
Xalqaro turnirda besh nafar o'zbekistonlik dzyudochilar ham o'z mahoratlarini namoyish etishdi. Grozniy tatamilarida SHahboz Nurmatov (-60 kg), Jaloliddin Boynazarov (-73 kg), Yusufbek Normamatov (-81 kg), Behruz Amandavlatov (-66 kg) va SHohruh Mamarasulov (+100 kg) yurtimiz sharafini himoya qildi.
Quvonarlisi, Bekzod To'raboev shogirdlaridan ikki nafari g'olib va sovrindorlar safidan joy egalladi. -66 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan Behruz Amandavlatov barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritdi. SHohruh Mamarasulov esa bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Fikrlar