So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

07 avg 15:49
Yangiliklar

Tadbirlar, Osiyo o'yinlari

Sportchilarimizni Osiyo o'yinlariga kuzatish marosimi bo'lib o'tdi + FOTO

Yana bir necha kundan so'ng, aniqrog'i 18 avgust kuni Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida XVIII Osiyo o'yinlari start oladi.

Bugun, 7 avgust kuni Milliy olimpiya qo'mitasi binosida ushbu musobaqada ishtirok etadigan sportchilarimizni rasmiy kuzatish marosimi tashkil etildi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

Unda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari Aziz Abduhakimov, Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, O'zbekiston Respublikasi Prezident devoni masul xodimi Zafar Bakiev, Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, etakchi sportchilarimiz, sport federaciyalari vakillari va ommaviy axborot vositasi xodimlari ishtirok etishdi.


Tadbirni O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari Aziz Abduhakimov ochib berdi.

“O'zbekiston sport delegaciyasi muhim musobaqa ostonasida turibdi. Yana bir necha kundan so'ng Indoneziyada XVIII Osiyo o'yinlari start oladi. Yaqinlashib kelayotgan musobaqa biz uchun tarixiy ahamiyat kasb etadi. CHunki, milliy sportimiz - Kurash aynan ushbu Osiyo o'yinlaridan boshlab musobaqa dasturiga kiritildi. Bu o'zbek sportining navbatdagi yutug'i bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha ulkan hajmda ish olib borildi. Etarli sharoitlar yaratib berildi. SHuni unutmangki, ortingizda xalqimiz va Prezidentimiz turibdilar. Bor mahoratingizni ko'rsatib, o'zbek yoshlari nimalarga qodir ekanliklarini namoyish eting. Ishonamanki, musobaqa har doimgidan ham omadli bo'ladi. Oy borib, medallar shodasi bilan qaytinglar”, - dedi Aziz Abduhakimov.


SHuningdek, jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev ham so'zga chiqib, sportchilarimizga omad tiladi.

“Osiyo o'yinlarida qatnashadigan sportchilarga omad tilaymiz. SHaxsan Prezidentimiz sizlardan muvaffaqiyatli ishtirok kutmoqdalar. Jismoniy tarbiya va sport vaziri lavozimiga yaqinda tayinlandim. Nasib qilsa, qaytib kelganingizdan so'ng uchrashamiz, bafurja suhbatlashamiz. O'yinlarda barchaga omad tilayman. Osiyo o'yinlarida medallarimiz ko'p bo'lsin. Yorug' yuz bilan kutib olaylik”, - dedi Dilmurod Nabiev.




SHundan so'ng Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov O'zbekiston sport delegaciyasi uchun eksklyuziv tarzda ishlab chiqarilgan sport liboslari haqida gapirdi.

“Osiyo o'yinlarida O'zbekiston sport delegaciyasiga chet el kompaniyalari tomonidan qiziqish bu darajada bo'ladi deb o'ylamagandik. Sport ekipirovkalari bo'yicha chet el kompaniyalari bizga taklif bilan chiqishdi. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Xitoyning «QIERTE Co. Ltd» kompaniyasi tomonidan PRES-JOG brendi ostidagi sport liboslarini tanladi. Ekipirovkalarni tanlashda Indoneziyaning subtropik iqlimi, u erning yomg'irli ob-havosi hisobga olindi. Umid qilamanki, ushbu liboslar biz uchun omadli bo'ladi”, - dedi Jasur Matchanov.



So'ngra, Aziz Abduhakimov delegaciyamiz bayroqdori Isroil Madrimovga tantanali ravishda O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'ini topshirdi.


Eslatib o'tamiz, 18 avgust kuni boshlanadigan Osiyo o'yinlarida yurtimiz sharafini 232 nafar sportchi 30ta sport turida himoya qiladi. O'z navbatida Milliy olimpiya qo'mitasi ham yaqinlashib kelayotgan Osiyo o'yinlarida sportchilarimizdan muvaffaqiyatli ishtirokni kutib qoladi.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing