13 sen 10:53
Yangiliklar
Sten Vavrinka "Devis Kubogi" formatini tanqid qildi
"Pike va ITF'ga rahmat! Manchesterdagi "Devis Kubogi" doirasidagi Franciya - SHveycariya o'yiniga "qotib" kuldim", - deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda deyarli bo'sh bo'lgan tribunaning videosini joylab.
"Ehtimol Britaniyaning o'yinlariga ko'proq muxlis bo'lar (yakshanba kuniga 13 000 chipta sotilgan), ammo boshqa kunlarda bu muammo. ITF prezidenti Devid Xaggerti 2018 yilda yangi "Devis Kubogi"da futbol bo'yicha jahon chempionati muhiti bo'lishini aytgan edi, lekin u har doim hayolparast bo'lib kelgan", - deya bu holatga munosabat bildirdi jurnalist Styuart Freyzer.
"Futbol bo'yicha jahon chempionati muhiti". Nega u bunday muvaffaqiyatsizlikdan keyin hamon "Devis Kubogi" kelajagini belgilab beradi?", - deb javob berdi tennischi.
Fikrlar