21 iyu 14:57
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/227542_220.jpg)
Sterling Maxachev - Oliveyra jangida kim favorit ekanini aytdi
UFC chempioni Aljameyn Sterling engil vazn toifasida braziliyalik CHarlz Oliveyra rossiyalik Islam Maxachevni chempionlik jangida mag'lub etishini aytdi.
Jang 22 oktyabr kuni UFC 280 turniri doirasida bo'lib o'tadi.
"Men hech qachon janglarga pul tikmaganman. Lekin shunday qilganimda, Oliveyraga katta pul tikkan bo'lardim. Bunga sabab u parterda raqibidan yaxshiroq harakat qiladi. U oyoqqa turganida esa haqiqiy terminatorga aylanadi. U doim oldinga boradi, tizza va tirsagida kuchli zarbalar beradi. U tom manoda har tomonlama xavfli jangchi", — dedi Sterling.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar