26 fev 10:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Sterling Pyotr Yan bilan Xabib uslubida jang qilishga vada berdi
Engil vazn toifasida UFC kamariga nomzod Aljameyn Sterling titul uchun jangda Pyotr Yanga qarshi Xabib Nurmagomedov uslubida jang qilishini aytdi.
"Menimcha, Yan bilan hali hech kim parterda Xabib Nurmagomedovdek kuchli pressing bilan jang qilmagan. Bu jang tempini butunlay o'zgartirib yuboradi. Yan zarbalar orqali bundan saqlanishga harakat qiladi, lekin menga birgina teykdaun etarli. Yuzta harakatimni u bartaraf etgan taqdirda ham, men uni bir yuz birinchi urinishda ag'daraman.
Pyotrni qorong'u damlar kutib turibdi. Albatta, u meni stoykada ushlashga harakat qiladi, shu sabab men qo'llarimni balandroq ko'tarib jang qilishim lozim. Ishontirib aytamanki, bu kecha Pyotr Yan uchun yaxshi o'tmaydi", - dedi Sterling.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar